buildexbuildex

BUILDEX’da buyurtma: yetkazish, to’lov va qaytarish haqida hammasi bir joyda

10.10.2026

BUILDEX’da buyurtma: yetkazish, to’lov va qaytarish haqida hammasi bir joyda

Buyurtma berishdan oldin eng ko’p so’raladigan savollarga javoblarni bir joyga to’pladik.

Buyurtmani qanday beraman?
Buyurtmani sayt, Buildex Go ilovasi yoki bot orqali kunning istalgan vaqtida berishingiz mumkin.

Qayerga va qancha vaqtda yetkazasiz?
Toshkent shahri bo’ylab yetkazamiz. Buyurtma 1 kundan boshlab yetkaziladi. Aniq kun va vaqtni operator buyurtmani tasdiqlashda siz bilan kelishadi.

Yetkazish qancha turadi?
Toshkent bo’ylab yetkazish narxi 100 000 so’m.

Qavatga ko’tarib berasizmi?
Ha, yetkazish bilan birga ko’tarish xizmati ham bor. Shartlari yukning hajmi va qavatga qarab buyurtmani tasdiqlashda aniqlanadi.

Qanday to’layman?

  • saytda yoki ilovada karta orqali onlayn;
  • tovarni qabul qilib olganda.

Yuridik shaxslar uchun qanday shartlar bor?
Kompaniyalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun to’lovni kechiktirish imkoniyati mavjud. Shartlarni bilish uchun call-markazga murojaat qiling.

Tovarni qaytarsam bo’ladimi?
Ha. Tovarni qaytarish uchun 365 kun vaqtingiz bor. Qaytarishni rasmiylashtirish uchun call-markazga qo’ng’iroq qiling.

Tovarlar originalmi?
Ha. BUILDEX’da faqat original tovarlar sotiladi, katalogda 100 000 dan ortiq mahsulot bor.

Savolim qolsa, kimga murojaat qilaman?
Call-markaz har kuni 07:00 dan 22:00 gacha ishlaydi: +998 77 240 09 09.

Bosh sahifaKatalog
Savat
Sevimlilar
Profil